⚖️ Oʻquvchi- yoshlarni sudlar foaliyati bilan tanishtirish, ularni bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida sudlar bilan Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻrtasida tuzilgan “davlat organlari va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda maʼruzalar, mahorat darslari va oʻquv seminarlarini oʻtkazilishi boʻyicha” tadbirlar rejasiga asosan 2021 yil 20 oktabr kuni Fargʻona viloyat sudi raisi oʻrinbosari O.Xasanov tomonidan “Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
✅ Oʻtkazilgan mashg’ulotda taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomi atroflicha yoritildi.

✅ Shuningdek, oʻquvchi- yoshlarga 2021 yil 20 sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 717-sonli qonunning mazmun mohiyati, Sudyalar oliy kengashining funksiya va vazifalari tushuntirilib oʻtildi.
✅ Oʻtkazilgan oʻquv seminar mashgʻuloti savol-javoblarga boy boʻlib, yosh huquqshunoslar sudlar faoliyatiga oid hamda boshqa oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy mavzularda savollar berishdi. Fargʻona viloyat sudi raisi oʻrinbosari O.Xasanov berilgan savollar boʻyicha asoslantirilgan javoblar berdi.

 

Ulashing: