🇺🇿 “Ona tilim- gʻururim, faxrim”
📚 Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan texnikumda “Ona tilim- gʻururim, faxrim” shiori ostida adabiy- badiiy kecha oʻtkazildi.
📌 Kechada viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi v.v.b E.Olimov ishtirok etdi.
📌 Tadbirda oʻquvchi- yoshlar tomonidan ona tilini ulugʻlovchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etildi, “Davlat tili haqida”gi Qonun moddalari va ularning sharxlari yoritildi.
📌 Shuningdek, oʻzbek adabiyotining nodir asarlaridan parchalar hamda intermediyalar namoyish etildi. Oʻzbek milliy cholgʻu asbobi- dutorda kuylar ijro etildi.
📌 Ijodkor oʻquvchi- yoshlar qalamiga mansub sheʼrlar mualliflar tomonidan oʻqib eshittirildi.
📌 Tadbir barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Ulashing: