⚖️ Joriy yilning 26 oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil, 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida” gi Qarori ijrosini taʼminlash hamda 2021-2022 oʻquv yilidagi rejalar,oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatqichlari, davomat, ichki-tartib va odob-ahloq qoidlari boʻyicha ikkinchi bosqich oʻquvchilarning ota-onalari uchun “Ota-onalar” yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
✅ Yigʻilishdan soʻng ota-onalar texnikumda farzandlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanish maqsadida Axborot resurs markazining faoliyati, undagi oʻquv darsliklarning mavjudligi, Sud amaliyot xonasi, Oʻquvchilar turar joyi, Innovatsion xonalar, va sport zali va o’quvchilar turar joylariga tashrif buyurishib oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.

Ulashing: