⚖️ Joriy yilning 1 noyabr kuni texnikumning “Oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchi- yoshlarini boʻsh vaqtlarida kasbga yoʻnaltirish undan unumli foydalanish, harbiy sohaga qiziqishlarini oshirish maqsadida ingliz tili oʻqituvchisi U.Raxmatova hamda maxsus fan oqituvchisi M.Dehqonovalar boshchiligida Fargʻona Davlat Universitetining “Xarbiy taʼlim fakultetiga” tashrif buyurdilar.
✅ Tashrif davomida fakultet dekani polkovnik I.Saidov oʻquvchi-yoshlarni “Xarbiy taʼlim fakulteti” faoliyati hamda texnika-xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib oʻtdi.
✅ Shundan soʻng oʻquvchi-yoshlar xarbiy taktik hamda qurol- yaroqlardan foydalanish boʻyicha oʻquv amaliy mashgʻulotlarida qatnashdilar. Mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar qurol- yaroqlar turlari va oʻq otar qurollardan qanday foydalanish boʻyicha fakultet oʻqituvchilaridan toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.
✅ Oʻquv amaliy mashgʻulotlar soʻngida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan kuy va qoʻshiqlar oʻquvchi-yoshlarda katta taʼsurot qoldirdi.

 

Ulashing: