⚖️ Joriy yilning 3 noyabr kuni texnikumning “Oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchi- yoshlari boʻsh vaqtlarida kasbga yoʻnaltirish undan unumli foydalanish, ichki ishlar sohasiga qiziqishlarini oshirish maqsadida maxsus fan oqituvchisi O.Usmonova boshchiligida Fargʻona viloyati ichiki ishlar boshqarmasiga texnikum bilan tuzilgan memorandium ijrosi bo’yicha tashrif buyurdilar.

✅ Tashrif avvalida Farg’ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar xizmati bosh inspektori M.Fozilho’jayeva o’quvchi-yoshlarni kutib oldi.
✅ Tashrif davomida M.Fozilho’jayeva Ichki ishlar boshqarmasining vazifalari, tuzilmalari hamda yaratigan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishtirib o’tdi.
✅ Texnikumning o’quvchi-yoshlari Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etigan Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Qolaversa, 102 bo’limining ish jarayonlari, xodimlarning ish faoliyatlari hamda joriy etilgan innovatsion texnologiyalarining ishlashini kuzatdilar. Soxa vakillari axborot texnologiyalaridan qay tarzda foydalanish tartibi, imkoniyatlari va samaradorligi bo’yicha batafsil tushinchlar berdilar.
📌 Texnikum o’quvchi- yoshlarining bergan savollariga mutaxassislar to’laqonli javob berdilar. Tashrif yuqori saviyada tashkil etildi. Bunday hamkorlik hamda tashrifdan Ichki ishlar vakillari xursandligi takidlab o’tildi. Hamkorlik davom etadi.

Ulashing: