Hunarmandlar markaziga tashrif

⚖️ Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhum tashabusning ijrosi hamda texnikumda tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi oʻquvchi- qizlarini kasb- hunarga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Margʻilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar markaziga” tashrif buyurdilar.

♻️ Tashrif davomida qizlar oʻzbek milliy matolarida atlas, adras, shoyi, baxmal va gilamlarni toʻqilish jarayonlarini kuzatdilar.

♻️ Moxir tikuvchilar Sh.Toshmatova, D.Qodirovalar oʻquvchi- qizlarga matolarni tayyorlanish jarayonlari haqida maʼlumot berdilar hamda amaliy tarzda koʻrsatib oʻtdilar.

♻️ Oʻquvchi- qizlar tomonidan berilgan savollarga toʻliq javob berib oʻtdilar. Tashriflar davom etadi.

Ulashing: