Joriy yilning 12 noyabr kuni “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o’qituvchisi M.Abdullayeva tomonidan Davlat-huquqiy faoliyati 2-20 guruhida “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar bilan birgalikda quramiz. Beshta muhum tashabbus boʻyicha Yoshlarni innovatsion gʻoyalari” mavzusida ochiq maʼnaviyat soati oʻtkazildi.
Dars jarayonida yangi Oʻzbekiston va uchinchi Renessans soʻzlari maʼnosi yoritib berildi. Uchinchi Renessans boshlanishiga poydevor boʻlgan birinchi va ikkinchi Renessans davrlari buyuk namoyondalari Al-Xorazmiy, Al-Fargʻoniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muhammad Bobur, Ali Qushchi va boshqa ajdodlar meroslari haqida soʻz yuritildi.
Oʻzbekistonning kecha va bugungi kuni toʻgʻrisida vedeolavhalar nomayish etildi.
Beshta muhum tashabbus yuzasidan oʻquvchilar axborot texnologiyalaridan toʻlaqonli foydalanish boʻyicha xorijiy tillarni oʻrganish va ish yuritishda oʻzlarini innovatsion g’oya va fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar.