Hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri OITS kasalligidir.

OITS-bu XX asrning oxirida insoniyat olamida eng muhim va eng dahshatli voqea hisoblanadi. Hozirgi kunda esa XXI asr vabosi boʻlib qolgan.

1-dekabr butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan texnikumning o’quvchi- yoshlari “Monitoring va ichki nazorat” bo’limi boshlig’I H.Isomiddinov boshchiligida Farg’ona viloyati OITSga qatshi kurash markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida markaz mutaxassislari ish faoliyatlari haqida tushunchalar berib, o’quvchi- yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.

Shuningdek, texnikum guruhlari oʻrtasida «Biz OITS ga qarshimiz» shiori ostida devoriy gazetalar tanlovi ham oʻtkazildi.

Ulashing: