3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.
Uning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo’lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlab, barcha uchun ochiq va do’stona bo’lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, moddiy va manaviy qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o’z o’rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi-yoshlari tarkibiy bo‘linmalar uslubchi va mutaxassislari G.Ahmedov, M.Madaminov, S.Isroilova, N.Nuraliyeva va M.Rahmonovalar boshchiligida Farg‘ona shahrida yashaydigan bir nechta imkoniyati cheklangan nogironlar holidan xabar oldilar. Ushbu uchrashuv imkoniyati cheklangan nogironlarni xursand qildi. O‘quvchi-yoshlar o‘zlari olib borgan sovg‘alarni egalariga topshirdilar.