Sport sog’lomlashtirish kuni o’tkazildi
2022-yil 7-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2020-yil 14- oktabrda tasdiqlangan “Adliya organlari va muassasalarida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom ovqatlanish turmush tarzini targʻib qilish chora-tadbirlar dasturi”, hamda texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan «Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog’lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ning 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida rahbar, pedagog va ishchi xodimlar o’rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
Tadbir chiniqtirish mashqlari bilan boshlanib so’ngra asosiy musobaqaga start berildi. Musobaqalar ko’tarinki ruhda, murosasiz kurashlarga boy tarzda o’tkazildi.