«Professional ta’lim tizimidagi kadrlar bo’limlarida ish yuritish» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

2022-yil 10-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan «Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog’lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Professional ta’lim tizimidagi kadrlar bo’limlarida ish yuritish» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminar-treningda Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i X.Umarov, O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Farg’ona viloyati kengashi bosh mutaxassisi A.To’raxodjaev, fakultet dekani A.Ergashev, «Umumta’lim fanlar» kafedrasi mudiri N.Qurbonovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminar-treningni texnikum jamoasi bilan birgalikda Respublika yuridik texnikumlari kadrlar bo’limi boshliqlari ZOOM platformasi orqali kuzatib bordilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🔹Seminar-trening do’stona va ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Ulashing: