DIQQAT TANLOV!

Fargʼona viloyati yuridik texnikumi quyidagi boʼsh ish oʼrinlarga tanlov oʼtkazilishi haqida eʼlon qiladi:

✅1. Fargʼona viloyati yuridik texnikumi dekani.
Lavozimga qoʼyiladigan talab: Oliy yuridik maʼlumotga ega hamda 3 yillik pedagogik ish stajiga boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari.

✅2. Yuridik klinika yetakchi mutaxassisi.
Lavozimga qoʼyiladigan talab: Oliy yuridik maʼlumotga ega Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari.

✅3. Shartnomaviy taʼlim xizmatlari boʼlimi yetakchi mutaxassisi.
Lavozimga qoʼyiladigan talab: sohaga oid oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya xisobi va audit mutaxassisligi) maʼlumotiga ega Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari.

✅4. Omborchi.
Lavozimga qoʼyiladigan talab: sohaga oid oʼrta maxsus (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya xisobi va audit mutaxassisligi) maʼlumotiga ega Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
– tanlovda ishtirok etish toʼgʼrisida ariza;
– nomzodning pasport nusxasi;
– diplom (diplomdan koʼchirma) nusxasi, chet elda oʼqigan boʼlsa, diplomi nostrifikatsiyadan oʼtganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
– nomzodning shaxsiy varaqasi (soʼrovnoma, anketa yoki maʼlumotnoma obʼektivka);

Аdliya organlari va muassasalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish, kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash tartibi toʼgʼrisidagi Nizomning 5-bandiga muvofiq, quyidagi shaxslar adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilinishi mumkin emas:
oʼn olti yoshga toʼlmagan shaxslar;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
deb topilgan shaxslar;
adliya organi yoki muassasasining ishlab turgan xodimi bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda boʼlsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʼysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqozo qilsa;
ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolgʼon maʼlumotlar taqdim etgan boʼlsa;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar tegishli hujjatlarni 2020 yil 5 dekabrь kuniga kuniga qadar Fargʼona viloyati yuridik texnikumining Kadrlar boʼlimiga taqdim etishlari lozim.

☎️ Tel: 0 (373) 226-72-23, 0 (373) 226-45-52.

Texnikum manzili: Fargʼona shahar, А.Navoiy koʼchasi 18-uy
Moʼljal: “Doʼstlik” restorani va “Аziya” mehmonxonasi

 

 

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARIDA XODIMLARNI ISHGA QABUL QILISH TARTIBI (ko’chirib olish)

Umumiy qoidalar

Adliya organlari va muassasalariga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo’lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligidan qat’i nazar, o’zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi va sog’lig’iga ko’ra adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan o’rnatilgan tartibda xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar qabul qilinadi.

Quyidagilar adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilinishi mumkin emas:

  • o’n olti yoshga to’lmagan shaxslar;
  • belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
    shaxslar;
  • adliya organi yoki muassasasining ishlab turgan xodimi bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqozo qilsa;
  • ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg’on ma’lumotlar taqdim etgan bo’lsa;
  • sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha tanlov adliya organlari va muassasalarining kadrlar tarkibini ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi va sog’lig’iga ko’ra yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishga layoqatli bo’lgan xodimlar bilan ta’minlash maqsadida o’tkaziladi.

Tanlov adliya organlari va muassasalarining rahbarlari tomonidan tashkil etiladigan kamida 5 nafar xodimlaridan iborat maxsus komissiya tomonidan meritokratiya, ochiqlik va mustaqillik tamoyillari asosida o’tkaziladi.Kelishuvga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari komissiya tarkibiga kiritilishi
mumkin.

Maxsus komissiya yig’ilishi a’zolarining kamida 2/3 (uchdan ikki) qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:

1. Bo’sh ish o’rniga hujjat topshirgan nomzodlarni dastlabki o’rganish;

2. Test sinovi;

3. Nomzod bilan uning nazariy bilimlari va kasbiy layoqatini aniqlash yuzasidan suhbat
o’tkazish;

Tanlov jarayonlari o’tkazilayotgan joyda Maxsus komissiya a’zolari, Ishchi organ vakillari va nomzoddan tashqari begona shaxslarning hozir bo’lishiga ruxsat berilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar ariza (ilovaga muvofiq) bilan tegishli adliya organi yoki muassasasiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
  • xodimning shaxsiy varaqasi (so’rovnoma yoki ma’lumotnoma-ob’ektivka ilovaga muvofiq);
  • diplomning nusxasi, chet elda o’qigan bo’lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o’tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;
  • nomzodning pasport nusxasi.
  • Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda yuborilishi ham mumkin.

Tanlov jarayoni:

Tanlov boshlangunga qadar Ishchi organ tomonidan nomzoddan sog’lig’i holati so’raladi. O’zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar tanlovga qo’yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga navbatdagi tanlovda ishtirok etish huquqi tushuntiriladi.

Ishchi organ Maxsus komissiya a’zolari va nomzodlarga vakant lavozimlar haqidagi e’lon joylashtirilgan joy va sana, hujjatlarni topshirish muddatlari, tanlovda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalar soni, shundan rad qilinganlar va ularning sabablarini hamda tanlov kuni hozir bo’lgan nomzodlarning ro’yxatini o’qib eshittiradi.

Test sinovi:

Test savollari 30 tadan savol, har bir savolga 4 ta (“A”, “B”, “C”, “D”) javoblardan iborat.

Test savollari soha xususiyatini inobatga olib o’rta maxsus yoki oliy ta’limning tegishli yo’nalishidagi fanlarning o’quv dasturlariga muvofiq, mantiqiy fikrlash, axborotni tizimga solish, uni tahlil qilish va umumlashtirish, qonuniyatlar topish, amaliy miqdoriy masalalarni yechish qobiliyatini baholashga qaratilgan savollardan iborat bo’ladi.

Ishchi organ tomonidan nomzodga test sinovlari o’tkazishning qisqacha maqsadi, mazmuni va tartibi tushuntiriladi. Shundan so’ng, nomzodga test savollari variantini tanlash uchun taklif qilinadi va belgilangan shakldagi javoblar varaqasi tarqatiladi. Har bir javob varaqasi Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.

Nomzodga test savollariga javob berish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi lozim. Javoblar varaqasining to’g’ri to’ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.

Test savollariga javob berish jarayonida nomzodlarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • qonun hujjatlaridan, ma’lumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (ma’lumotlardan) foydalanish;
  • boshqa shaxslar bilan suhbatlashish;
  • javoblar varaqasini topshirgunga qadar test savollari o’tkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish.
  • Mazkur talablarga rioya qilmagan nomzod test jarayonini o’tkazish tartibini buzgan deb topiladi va uni tanlovda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos bo’ladi va belgilangan shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
  • Javoblar varaqasi sinov uchun belgilangan vaqt tugagunga qadar yoki tugashi bilan sinov kuzatuvchisi bo’lgan Ishchi organga topshiriladi.
  • Ishchi organ talabgordan javoblar varaqasini olgandan so’ng test sinovi natijasida to’plangan ballarni Komissiya raisiga va talabgorga ma’lum qiladi. Bunda, nomzodlarning har bir to’g’ri javobi uchun bir ball beriladi.
  • Test sinovi natijalariga ko’ra kamida 71 foiz savollarga to’g’ri javob bergan nomzod keyingi bosqichga, ya’ni nomzodning nazariy bilimlari va kasbiy layoqatini aniqlash yuzasidan suhbatga chaqiriladi.

Suhbat jarayoni:

Nomzodning nazariy bilimlari va kasbiy layoqatini aniqlash, uning lavozim kasb faoliyatiga bog’liq qonunchilik sohasi, umumiy qonunchilik asoslari, amaliyotda ko’p uchraydigan muammoli holatlar (kazuslar)ning yechimi bo’yicha suhbat o’tkaziladi.

Bunda nomzod savollar qo’yilgan 3 ta qutichalardan bir donadan savollarni jami uch savolni tasodifiy tanlash yo’li bilan oladi. Qutichadan olingan savollarni o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.

Har bir kuticha ichida 50 tadan savollar joylashtiriladi.

Nomzod tushgan savollarga javob bera olmasa yoki berilgan javoblar asosida nomzodning bilim darajasini aniqlashning imkoniyati bo’lmasa, Maxsus komissiya raisining ruxsati bilan qo’shimcha savollar berilishi mumkin. Qo’shimcha savollar oldingi savollarga berilgan javoblarni aniqlashtirish maqsadida berilishi va oldingi savollar doirasidan chetga chiqmasligi lozim.

Nomzod tomonidan berilgan javoblar aniq, lo’nda va aynan savol mazmuni bilan mos bo’lishi hamda bitta savolga javob berish davomiyligi ikki daqiqadan oshmasligi lozim. Qo’shimcha savollar berilgan holatlarda suhbat davomiyligi yana o’n daqiqagacha uzaytirilishi mumkin.

Test savollari va suhbatda beriladigan savollar ro’yxati Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlanib, vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda qonunchilikda, shuningdek jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida bo’layotgan muhim o’zgarishlardan kelib chiqqan holda har yili yangilab borilishi mumkin.

Suhbat natijalari bo’yicha har bir savol o’n ballik tizimda baholanadi.

Javoblarni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

0 ball – savolga javob berolmaslik;

1-3 ball – savol bo’yicha umumiy tushunchaga ega emasligi;

4-7 ball – savolga umumiy yoki qisman javob berish;

8-10 ball – savolga to’liq va atroflicha javob berish.

Bunda Maxsus komissiya a’zolarining har biri suhbat natijasi bo’yicha, har bir savol yuzasidan talabgorga belgilangan shakldagi baholash varaqasiga ball qo’yadi. Maxsus komissiyaning har bir a’zosi alohida baholash varaqasini to’ldiradi. Baholash varaqasini komissiyaning boshqa a’zolariga ko’rsatish taqiqlanadi va ballarni o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.

Suhbat yakunlari bo’yicha komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qo’yilgan ballar umumlashtirish va o’rtacha ball hisoblab chiqarish uchun Ishchi organga beriladi. Ishchi organ tomonidan nomzodga qo’yilgan ballar belgilangan shakldagi javoblar varaqasiga qayd qilinadi.

Nomzod tomonidan to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 56 foizi va undan yuqorisini to’plaganda nomzod lavozimga tavsiya etiladi. Nomzod tomonidan to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 55 foizidan kam ball to’plaganda komissiya a’zolari tomonidan nomzod suhbatdan o’tmagan deb e’tirof etiladi.

Maxsus komissiya suhbat natijasiga muvofiq nomzodni topshirgan vakant lavozimdan boshqa bir vakant lavozimga ishga qabul qilishga tavsiya qilish huquqiga ega.

Nomzod tomonidan to’plangan ballar, baholash natijalari hamda komissiya qarori shu kunning o’zida tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga o’qib eshittiriladi.

Tanlov jarayonlari audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.

Nomzodning shikoyat qilish huquqi:

Tanlov natijalaridan norozi bo’lgan nomzod o’n kun muddat ichida adliya vaziriga, shuningdek sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Tanlov tartibi buzilgan takdirda yoki korruptsiya holatlari haqida xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

 

TAXMINIY SAVOLLAR RO’YXATI

I. Professor-o’qituvchilar ishini tashkil etishga oid

1. Ta’lim berish jarayonida qanday metodlar eng samarali usullar hisoblanadi? Qanday yangi pedagogik texnologiyalarni bilasiz?

2. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash deganda nimani tushunasiz?

3. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida qanday vakolatlari bor?

4. Malaka oshirishning kredit-modul` tizimi deganda nimani tushunasiz?

5. Mustaqil ta’lim deganda nimani tushunasiz? Mustaqil ta’lim sharoitida professor-o’qituvchilarning o’rni qanday bo’lishi kerak?

6. Amaliyotga yo’nalgan ta’lim deganda nimani tushunasiz?

7. Ta’limni boshqarish bo’yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarini ayting.

8. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlarini sanab bering.

9. Globallashgan zamonda axborotni izlab topish shunday osonki, tinglovchilar ularni Internet orqali professor-o’qituvchisiz ham olishi mumkin. Shuningdek, professor-o’qituvchi tomonidan o’tilayotgan ma’ruza darslarida beriladigan ma’lumotlarning deyarli barchasi Internetda bor. Bunday sharoitda ma’ruza va seminar darslarni tashkil etish va o’tkazish qanday bo’lishi kerak?

10. O’quv reja va dasturi nima va ularning o’quv jarayonini tashkil etish uchun qanday ahamiyati mavjud?

11. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibini tushuntirib bering.

12. “Startap” loyihalar deganda nima tushuniladi va uni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi qanday?

13. O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi “Innovatsion faoliyat to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

14. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari nima va ularni qabul qilish tartibini tushuntirib bering.

15. O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining mazmun mohiyati va uning avvalgi tahriridan farqli jihatlarini tushuntirib bering.

16. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi”ning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

17. Ta’lim soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ va uning vazifalarini tushuntirib bering.

18. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan belgilangan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish mezonlari” nimalardan iborat?

19. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyunidagi 531-son qarorida belgilangan Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aytib bering.

20. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazishda bajarilishi shart bo’lgan mezonlarni tushuntirib bering.

21. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 8-sentyabridagi 544-son qarorida belgilab o’tilgan asosiy masalalar haqida ma’lumot bering.

22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifatini nazorat qilish jarayonlarini tushuntirib bering.

23. O’quv adabiyotlarining turlari, ularning tushunchasi va rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering.

24. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2020 — 2024 yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish Kontseptsiyasi”da yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasida qanday vazifalar nazarda tutilgan?

25. Aralash o’qitish (Blended learning) sifatida “Flipped Class” texnologiyasining mazmun-mohiyati va amaliyotda qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

26. Masofaviy o’qitish kurslarida nazorat ishlarini tashkil etish va o’tkazish masalalarini tushuntirib bering.

27. Kasbiy yo’naltirilgan muammoli o’qitish texnologiyasini tushuntirib bering.

28. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy printsiplarini sanab, mazmunini tushuntirib bering.

29. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo’nalishlarini ayting.

30. Ilmiy startaplar nega kerak?

31. Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida gapirib bering.

32. Andragogikada ta’lim oluvchining shaxsiga yo’naltirilgan mashg’ulotlarni tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

33. Malaka oshirish tizimida zamonaviy pedagog shaxsini shakllantirishda axborot xizmatining o’rni nimalarda iborat?

34. Malaka oshirish tizimida tinglovchilarni tanqidiy fikrlashga o’rgatish va uning muhim jihatlarini tushuntirib bering.

35. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil etishning tartibini tushuntirib bering.

36. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasiga tavsif bering.

37. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari haqida nimalarni bilasiz?

38. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etishning ahamiyatini tushuntirib bering.

39. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishini qanday omillar taqozo etdi?

40. 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga umumiy tavsif bering.

41. 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi birinchi ustuvor yo’nalishda nazarda tutadigan masalalarni yoritib bering.

42. Regulation.gov.uz veb-saytining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

43. “Mening fikrim” maxsus veb-portali qanday maqsadda tashkil etilgan va u orqali qaysi davlat tashkilotlariga murojaat qilish mumkin?

44. So’nggi yillarda O’zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mazkur o’zgarishlar haqida nimalarni bilasiz? Ushbu islohotlar uchun qanday tamoyillar asos qilib olindi?

45. “Elektron hukumat” tizimini tushuntirib bering.

46. O’zbekiston Respublikasida demokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy partiyalarning roli va vazifalari qanday?

47. Fuqarolik jamiyatida jamoatchilik nazoratining o’rni nimalarda ko’rinadi?

48. Parlament nazoratini amalga oshirishga tavsif bering.

49. Faol tadbirkorlik tushunchasini qanday izohlash mumkin?

50. Ijtimoiy sheriklik nima, uning sub’ektlari kimlar, ijtimoiy sheriklikning qanday printsiplari mavjud?

51. Davlat xususiy sheriklik deganda nimani tushunasiz?

52. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy printsiplari qaysilar?

53. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organi xususida nimalarni bilasiz?

54. Ma’muriy tartib-taomil nima? “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonunning maqsadi va asosiy vazifalarini ayting.

55. “Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, ma’muriy hujjat deganda nima tushuniladi? Ma’muriy hujjatning protsessual hujjatdan farqi nimada?

56. Ma’muriy reglamentda nimalar nazarda tutilishi mumkin?

57. Ma’muriy tartib-taomillar printsiplariga umumiy tavsif bering.

58. Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) atamasini tushuntiring.

59. Ma’muriy tartib-taomillarda ishonchning himoya qilinishi printsipini tushuntiring.

60. Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

61. O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasiga muvofiq professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlari va vazifalarini ayting.

62. O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini yoritib bering.

63. Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi qanday natijalarga erishishga qaratilgan?

64. Davlat xizmatlari nima va undan qachon, qay tartibda foydalanish mumkin?

65. Davlat xizmatlari agentligi va Davlat xizmatlari markazlari haqida nimalarni bilasiz?

66. Davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlari deganda nimani tushunasiz?

67. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasining huquqiy maqomi va vazifalarini yoritib bering.

68. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini tashkil etish maqsadlarini yoritib bering.

69. Millatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yishda O’zbekistonda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

70. Dunyo miqyosida kuzatilayotgan globallashuv inson va jamiyat hayotiga qanday salbiy ta’sirlar ko’rsatadi?

71. “Demokratiya – universal emas, balki umuminsoniy qadriyat”, degan g’oyaning mazmunini izohlang.

72. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil19 sentyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqda qanday muhim masalalar bo’yicha O’zbekiston pozitsiyasi ma’lum qilindi?

73. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida qanday tashabbuslar ilgari surildi?

74. O’zbekiston tashqi siyosatni amalga oshirishda qanday printsiplarga amal qiladi?

75. O’zbekiston tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari haqida nimalarni bilasiz?

76. So’nggi yillarda “O’zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo’nalish” tamoyili amalga tatbiq etilmoqda. Mazkur yo’nalish va uning doirasida amalga oshirilayotgan yangilanishlarni tushuntirib bering.

77. Xalqaro saylov standartlarining o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi, ularning qanday turlari mavjud?

78. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlislari qanday hollarda o’tkaziladi?

79. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik masalalari bo’yicha qanday qoidalar belgilangan?

80. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini aytib o’ting.

81. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida qanday asosiy printsiplar nazarda tutilgan?

82. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra, qaysi davlat organlari korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiradi?

83. O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining funktsiya va vazifalarini sanab bering.

84. Adliya vazirligi tizimidagi korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha asosiy hujjatlarini sanab bering.

85. Adliya organlari va muassasalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to’qnashuvining oldini olish uchun qaysi printsiplarga amal qilishlari zarur?

86. Adliya organlari va muassasalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to’qnashuvining oldini olish uchun qaysi printsiplarga amal qilishlari zarur?

87. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorining asosiy maqsadini yoritib bering?

88. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida” gi qonunining maqsadini aytib bering. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining to’g’risida tushuncha bering.

89. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirliginining axborot xavfsizligi siyosatining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

90. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 149-um-son buyrug’i talablarini tushuntirib bering.

91. Noshirlik faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi konuni haqida umumiy tushuncha bering.

92. O’zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirig.

93. Ma’lumki, xalqaro tashkilotlarning xalqaro xukumatlararo tashkilotlar va xalqaro noxukumat tashkilotlarga bo’linadi. Xalqaro xukumatlararo tashkilotlar va xalqaro noxukumat tashkilotlarning farqlarini tahlil qiling.

94. 1991 yilning 8 dekabrida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning maqsadi nimalardan iborat?

95. Shanxay hamkorlik tashkiloti doimiy faoliyat yurituvchi mintaqaviy hukumatlararo xalqaro tashkilot. Mazkur tashkilotning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

96. O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” Qonunning maqsadini va qo’llanilish sohasini yoritib bering.

97. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish asosi va tartibi qanday?

98. Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibini tushuntirib bering.

99. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-5816-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

100. “Tartibga solish gil`otinasi” deganda nima tushuniladi va uni izohlab bering?

II. Boshqa xodimlar ishini tashkil etishga oid

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid

1. Konstitutsiya tushunchasiga ta’rif bering.

2. Konstitutsiyaning muqaddimasi haqida gapirib bering.

3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari nimalardan iborat?

4. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibini tushuntirib bering.

5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimi qay tarzda ifodalangan?

6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlislari qanday hollarda o’tkaziladi?

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish asosi va tartibi qanday?

8. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar xaqida aytib o’ting.

9. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlarini gapirib bering.

10. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi deganda nimani tushunasiz? O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash masalalari haqida gapirib bering.

11. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday shaxsiy huquq va erkinliklar mustahkamlab qo’yilgan?

12. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, tashqi siyosatning asosiy printsiplarini ta’kidlab o’ting.

13. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday siyosiy huquq va erkinliklar nazarda tutilgan?

14. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga nimalar kiradi?

15. Konstitutsiyaga muvofiq, qanday jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi?

16. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, fuqarolarning asosiy burchlari haqida gapirib bering.

17. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan oila masalalariga oid normalari haqida gapirib bering.

18. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga nimalar kiradi?

19. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida gapirib bering.

20. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq sud tizimi haqida gapirib bering.

21. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritish tartibi qanday?

22. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik masalalari bo’yicha qanday qoidalar belgilangan?

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid

23. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida korruptsiyaga qanday ta’rif berilgan?

24. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini aytib o’ting.

25. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni kimlarga nisbatan tatbiq qilinadi?

26. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida qanday asosiy printsiplar nazarda tutilgan?

27. O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra, qaysi davlat organlari korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiradi?

28. O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining funktsiya va vazifalarini sanab bering.

29. Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni haqida nimalarni bilasiz?

30. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlarini aytib o’ting.

31. Adliya vazirligi tizimidagi korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha asosiy hujjatlarini sanab bering.

32. Adliya organlari va muassasalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to’qnashuvining oldini olish uchun qaysi printsiplarga amal qilishlari zarur?

33. Adliya organlari va muassasalari xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillari va qoidalarini sanab o’ting.

34. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida korruptsiyaga oid kanday jinoyatlar mavjud?

35. Davlat organlari xodimlarining korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to’g’risida xabar qilish majburiyati haqida so’zlab bering.

36. Manfaatlar to’qnashuvi deganda nimani tushunasiz?

37. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korruptsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi masalalari haqida so’z yuriting.

38. Adliya organlari va muassasalari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to’qnashuvining oldini olish uchun qaysi printsiplarga amal qilishlari zarur?

39. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoralararo komissiyalar va ularning asosiy vazifalari haqida so’z yuriting.

40. Korruptsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli haqida gapirib bering.

41. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi to’g’risida to’xtalib o’ting.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga doir

42. O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” Qonunning maqsadini va qo’llanilish sohasini yoritib bering.

43. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining turlari va shakllariga to’xtalib o’ting.

44. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

45. Murojaatlarni berish tartibi to’g’risida gapirib bering.

46. Murojaatlar bo’yicha ish yuritish tartibi qanday?

47. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibini gapirib bering.

48. O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida” Qonuniga muvofiq ariza, taklif va shikoyatga ta’rif bering.

49. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari xaqida so’z yuriting.

50. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xaqida so’z yuriting.

51. Murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlarini bayon etib bering.

52. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

53. Voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishning o’ziga xos xususiyatlarini gapirib bering.

54. Murojaatlarni ko’rib chiqishda davlat organining, tashkilotning va mansabdor shaxslarining huquqlarini sanab o’ting.

55. Murojaatlarni ko’rib chiqishda davlat organining, tashkilotning va mansabdor shaxslarining majburiyatlarini aytib bering.

56. Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish haqida so’z yuriting.

57. Murojaatlarning ko’rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish haqida gapirib bering.

Ijro intizomiga oid

58. Ijro intizomini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni sanab o’ting?

59. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorining asosiy maqsadini yoritib bering?

60. “Ijro.gov.uz” tizimi qanday axborot tizimi hisoblanadi va uning asosiy vazifalarini sanab o’ting?

61. Qanday hujjatlar nazorat qilinadigan va bajarilishi tekshiriladigan hujjatlar sirasiga kiradi?

62. Hujjatlarning bajarilishi bo’yicha ishlarni tashkil etish kimlar tomonidan ta’minlanadi?

63. Doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan va shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar yig’majildlarida nimalar nazarda tutiladi?

64. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, hujjatlar kimlar tomonidan imzolanadi va imzo rekviziti haqida tushuncha bering.

65. Vazirliklar va idoralar rahbarlari qonunlar, qarorlar va farmoyishlarning loyihalari bo’yicha xulosalarni necha kalendar` kun mobaynida berishga majburdirlar?

66. Tashkilotda hujjatlar yig’majildlar nomenklaturasi qay tartibda tuziladi?

67. Hujjat mazmuniga qo’yilgan talablar nimalardan iborat?

68. Xatlarda qanday bayon etish shakllaridan foydalaniladi?

69. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash tartibi nimalarni o’z ichiga oladi?

70. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qaysi hollarda o’zining amal qilishini tugatadi?

71. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 28 avgustdagi 293-um-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish to’g’risidagi yo’riqnomaga ko’ra hujjatlar qanday tartibda tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi?

72. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” Qaroriga muvofiq, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish tartibini yoritib bering?

73. Hujjatlar yig’majildlarini shakllantirishda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?

74. Hujjatlarni idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash tartibini gapirib bering.

75. Hujjat loyihalarini kelishish tartibi to’g’risida gapirib bering.

O’quv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, monitoring qilish va baholash hamda masofadan o’qitishni tashkil etishga oid

76. Markazda malaka oshirish bo’yicha ishlab chiqiladigan taqsimot reja qanday hujjat va uning ishlab chiqilishi tartibini ayting?

77. Malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kurslarining o’quv dasturlari qanday hujjat va u qay tartibda tayyorlanadi?

78. O’quv mashg’ulotlar jadvallari qanday tuziladi?

79. Markazda o’qitiladigan fan va mavzular bo’yicha tayyorlangan imtihon, sinov va test savollari o’quv jarayoniga qanday joriy etiladi?

80. Markaz professor-o’qituvchilari (shu jumladan, soatbay asosida ishlayotganlar) tomonidan o’tilgan o’quv mashg’ulotlarning hisobi qanday yuritiladi va umumlashtiriladi?

81. Innovatsion faoliyatning asosiy printsiplarini aytib o’ting?

82. Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va innovatsiya yutuqlari o’quv jarayoniga qanday joriy etiladi?

83. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar haqida ma’lumot bering.

84. Fan, innovatsiya va ta’lim dasturlari bo’yicha ekspertizani amalga oshirish qanday ta’minlanadi?

85. Innovatsion faoliyat sub’ektlari kimlar?

86. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar haqida to’xtalib o’ting.

87. Malaka oshirish jarayonlari nimalarni o’z ichiga oladi?

88. Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi qanday tartibda tuziladi?

89. Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari qanday amalga oshiriladi?

90. Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish haqida aytib o’ting.

91. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning maqsadi haqida gapirib bering?

92. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o’quv jarayonini qanday tashkil etiladi?

93. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy printsiplari

94. Markaz ta’lim faoliyatini qanday talablar asosida tashkil qiladi?

95. O’quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

96. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun onlayn tarzda yoki bevosita Markazga qanday hujjatlar taqdim etiladi?

97. Tinglovchilarni malaka oshirish o’quv kurslariga qabul qilish tartibi qay tarzda tashkil qilinadi?

98. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish tartibi haqida gapiring.

99. Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga qanday yo’riqnoma beriladi?

100. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifatini nazorat qilish nimalarni o’z ichiga oladi?

101. Tinglovchi qanday holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi?

102. Tinglovchilar sinov imtihoni natijalaridan norozi bo’lsa qanday tartibda va muddatda murojaat qilish huquqiga ega?

103. Qayta sinov o’tkazish tartibini tushuntirib bering.

104. Markazda tinglovchilar bilan bog’liq bo’lgan qanday buyruqlar tayyorlanadi?

105. Malaka oshirish o’quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikat tayyorlash tartibi qanday?

106. Ta’lim jarayoni sifatini nazorat qilish qaysi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi?

107. Yuristlar malakasini oshirish Markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan eng so’nggi normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot bering.

108. Qadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bilimlari qanday baholanadi?

109. Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifatini nazorat qilish turlarini sanab bering?

110. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan belgilangan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazish mezonlari” nimalardan iborat?

111. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 27 iyunidagi 531-son qarorida belgilangan Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aytib bering.

112. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o’tkazishda bajarilishi shart bo’lgan mezonlar haqida gapirib bering.

113. Davlat ta’lim talablari deganda nimani tushinasiz?

114. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 8-sentyabridagi 544-son qarorida belgilab o’tilgan asosiy masalalar haqida ma’lumot bering.

115. Ta’lim sifati mezonlarini nechta blokka bo’lish mumkin?

116. Malaka oshirishning masofaviy ta’lim shaklida tinglovchilarning bilimini baholash tartibi qanday?

117. Ta’lim muassasasida monitoring o’tkazishdan maqsad nima?

118. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi uning tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy talablar bo’yicha qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim?

119. Malaka oshirish kurslari tinglovchisi uning tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy talablar bo’yicha qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim?

120. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida” gi qonunining maqsadini aytib bering. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining to’g’risida tushuncha bering.

121. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirliginining axborot xavfsizligi siyosatining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

122. Adliya vazirligining axborot xavfsizligi qanday tarkibiy qismlardan iborat?

123. Masofaviy ta’lim modellari nima va uning qanday turlari mavjud?

124. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari?

125. Videokonferentsaloqa, videokonferentsiya, vebinar terminlariga tushuncha bering.

126. Masofaviy ta’limda yopiq va ochiq modul deganda nima tushuniladi?

127. Domen va xosting nima?

128. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi nima?

129. Masofaviy ta’limni tashkil etishda pedagog maslahatchining vazifalarini nimalardan iborat?

130. O’zbekiston Respublikasining axborot majmui nimalardan tashkil topgan?

131. Markazda masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish uchun zarur bo’lgan elektron kontentlarga nimalar kiradi?

132. Axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqi qanday belgilanadi?

133. Milliy axborot tizimi qanday yaratiladi?

134. Intranet va internet to’g’risida ma’lumot bering.

135. Provayder nima va u O’zbekiston bozoriga qachondan boshlab kirib keldi?

136. Server haqida tushuncha bering.

137. Tizim administratori kim hisoblanadi?

Kadrlar bilan ishlash sohasiga oid

138. Shtat birliklari soni va shtat birliklarining tashkil etilish asoslari haqida ma’lumot bering.

139. Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilinish, shuningdek, tanlovlar o’tkazish tartibi haqida nimalarni bilasiz?

140. Ishsiz deb e’tirof etish to’g’risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

141. Kadrlar zaxirasi qanday tashkil etiladi?

142. Xodimlarni attestatsiyadan o’tkazish ishlarini tashkillashtirish borasida nimalarni bilasiz?

143. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash, kasb mahorati va malakasini oshirish ishlari yo’lga qo’yilganmi?

144. Xodimlar shaxsiy hujjatlarining yig’ma jildlari va mehnat daftarchalarini yuritish, xizmat guvohnomalarini rasmiylashtirish, hisobga olish va saqlash tartibini tushuntirib bering.

145. Xodimlarni rag’batlantirish va ularga mehnat ta’tili berish hamda ularga haq to’lash amaliyoti bo’yicha nimalarni bilasiz?

146. Xodimlarga intizomiy jazo choralari qo’llash tartibini tushuntirib bering. Qonunchilikda qanday intizomiy jazo choralari nazarda tutilgan?

147. Xodimlarni martaba darajali unvonlarga tavsiya etish, martaba darajasiga ega bo’lgan xodimlarga uzoq muddatli xizmatlari uchun mansab maoshlariga foizli ustama haq to’lash amaliyotini tushuntirib bering.

148. Xodimlar faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qanday ko’rib chiqish tartibi haqida nimalarni bilasiz? Matbuotda e’lon qilingan tanqidiy maqolalar yuzasidan xodimlarga chora ko’rish mumkinmi?

149. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuborilgan taqdimnomalar va xodimlar faoliyati bo’yicha boshqa xatlarni ko’rib chiqish va ijrosini ta’minlash tartibi haqida nimalarni bilasiz?

Axborot-resurslar bilan ishlash, tahririy-nashriyot faoliyatiga oid

150. Tahririy-nashriyot bo’limi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni sanab o’ting?

151. Noshirlik faoliyatining asosiy printsiplari nimalardan iborat?

152. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida qonunga asosan tahririyat deganda nima tushuniladi?

153. Axborot erkinligining asosiy printsiplari deyilganda nimani tushunasiz?

154. Har bir davriy nashrning chiqarilishida qanday asosiy ma’lumotlar ko’rsatilishi shart?

155. O’quv adabiyotlarining qanday turlari mavjud?

156. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi haqida so’z yuriting.

157. Mualliflik nashrlari deganda nimani tushunasiz?

158. Imtiyozli nashrlar xaqida gapirib bering.

159. ISSN va ISBN raqamlari nimalarga beriladi?

160. Senzura nima? Qonunlarimizda u xaqida nima deyilgan?

161. Matbaa mahsulotlarini tarqatish tartibini gapirib bering.

162. O’zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida” 2011 yil 13 apreldagi Qonuniga muvofiq, axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

163. Axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga qanday talablar qo’yiladi?

164. Elektron kutubxonaning asosiy vazifa va funktsiyalari nimalardan iborat?

165. Axborot-kutubxona muassasalarini sanab o’ting.

166. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi nimalar hisobiga to’ldiriladi?

167. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi nimalarni o’z ichiga oladi?

Xalqaro hamkorlik masalalariga oid

168. Xalqaro huquq manbalarining tasniflanishini tahlil qiling.

169. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi deganda nimani tushunasiz?

170. Xalqaro huquqning asosiy printsiplari ierarxiyasi mavjudmi? Mavjud bo’lsa sanab bering.

171. Xalqaro tashkilotlarni tasniflab bering.

172. O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili haqida ma’lumot bering.

173. BMT tashkil topishining tarixiy ildizlari haqida nimalarni bilasiz va uning asosiy faoliyat yo’nalishlarini aytib bering.

174. BMTning bosh organlari qaysilar?

175. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining maqsadi va ustuvor vazifalari qanday?

176. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonuniga muvofiq kim xalqaro shartnoma tuzish vakolatiga ega va mazkur vakolatlar qanday amalga oshiriladi?

177. Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarni yuridik kuchiga qarab klassifikatsiyalab bering.

178. Markaz xodimiga Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi rasmiy konferentsiyasida ishtirok etish bo’yicha taklif keldi. Unda ishtirok etish masalasi, ya’ni, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarga yuborish kim bilan kelishiladi?

179. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-sonli qarori bilan mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari belgilangan. Mazkur qarorga muvofiq, Markaz direktorining xorijiy davlatga xizmat safariga chiqish masalasida qaysi davlat organi bilan kelishish talab etiladi?

180. O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020 yil 29 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 149-um-son buyrug’i talablarini tushuntirib bering.

181. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil19 sentyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqda qanday muhim masalalar bo’yicha O’zbekiston pozitsiyasi ma’lum qilindi?

182. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida qanday tashabbuslar ilgari surildi?

Buxgalteriya, marketingni shakllantirish va xo’jalik sohasiga oid

183. O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqish tartibini tushuntirib bering.

184. O’zbekiston Respublikasi ichki xizmat safarlari uchun kundalik xarajatlarni to’lash me’yorlari haqida gapiring?

185. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi qanday?

186. Asosiy vositalarning tugatilishi va hisobdan chiqarilish tartibini tushuntirib bering?

187. Qanday tovar boyliklar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi?

188. Norentabel` bo’lgan asosiy vositalar qaysi xolatda va qanday sotiladi?

189. Byudjet tashkilotlarida vaqtincha foydalanilmayotgan bino va inshootlar qanday tartibda ijaraga beriladi?

190. Tashkilotlarda inventarizatsiya o’tkazish tartibi qaysi me’yoriy xujjatga asosan tashkil etiladi? Inventarizatsiya tashkil etishdan maqsad nima?

191. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar nimalardan iborat?

192. Buyurtmalar portfeli deganda nimani tushunasiz?

193. Marketing qanday tushuncha?

194. Marketingni shakllantirish deganda nimani tushunasiz?

195. Buyurtmalar portfelida marketing xizmatining o’rni qanday?

196. Xarajatlar smetasida xarajatlar tasnifi necha guruhga bo’linadi va har bir guruh bo’yicha ma’lumot bering.

197. Davlat xaridlarining asosiy printsiplari nimalardan iborat?

198. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?

199. 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga umumiy tavsif bering.

200. 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi birinchi ustuvor yo’nalishda nazarda tutadigan masalalarni yoritib bering.

Ulashing: