Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vaziri tomonidan 2020 yil 14 oktyabrda tasdiqlangan «Аdliya organlari va muassasalarida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sogʼlom ovqatlanish turmush tarzini targʼib qilish chora-tadbirlari dasturi» ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 14 noyabrь kuni viloyat adliya boshqarmasi va yuridik texnikum jamoalari oʼrtasida «Аdliya-sogʼlom turmush tarafdori» shiori ostida sport musobaqalari oʼtkazildi.
Musobaqa gʼoliblari viloyat adliya boshqarmasining «Faxriy yorligʼi» hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.