2022-yil 18-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan «Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog’lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Umumta‘lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi F.Asanov tomonidan «Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash » mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Seminarda pedagog-xodimlarga ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash bo’yicha ko‘rsatmalar, fikr mulohazalar hamda amaliy tarzda tushunchalar berib o‘tildi.
Seminar davomida internet tizimi uning afzalligi, ta’lim jarayonida internetdan unumli foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Qolaversa, pedogog-xodimlardan internet tizimini salbiy va ijobiy tomonlari yusasidan so’rovnomalar olindi. Bunda pedogog-xodimlar o’zlarini fikr-mulohaza va takliflarini bayon etdilar.