“Street Law” loyihasi yuridik taʼlim muassasalari talabalari tomonidan maktab oʼquvchilariga volontyorlik asosida kundalik hayotda eng zarur boʼlgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali oʼqitishga qaratilgan loyihadir

Akbarova Bibixon Adxamovna
-Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan Street Law loyihasining Farg’ona viloyati koordinatori.

“Street Law” loyihasi yuridik taʼlim muassasalari talabalari tomonidan maktab oʼquvchilariga volontyorlik asosida kundalik hayotda eng zarur boʼlgan huquqiy bilimlarni interaktiv usullar orqali oʼqitishga qaratilgan loyihadir. “Street Law” loyihasi 1972 yilda Аmerika Qoʼshma Shtatlarida vujudga kelgan va hozirda 45 ta davlatda amal qiladi.
2019 yil 13 dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4551-son qarorida loyihani mamlakatimizda tizimli tarzda joriy qilish nazarda tutildi.
Shuningdek, 2019 yil 9 yanvardagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF‒5618-son farmonida loyihani joriy etish maqsadida huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari talabalari, yuridik kollejlar oʼquvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat koʼngillilar (volonter) guruhini shakllantirish vazifasi koʼyildi.

2019-2020 oʼquv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining “Street Law” loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, oʼquv yilining birinchi semestri davomida loyiha ishtirokchilari boʼlgan professor-oʼqituvchilar va talabalar uchun 13 ta treninglar oʼtkazildi. Oʼquv yilining ikkinchi yarmida esa roʼyxati Oʼzbekison Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan Toshkent shahrining turli tumanlarida joylashgan 10 ta maktablarda jami 65 ta interaktiv mashgʼulotlar olib borildi.

2020-2021 oʼquv yilida loyihani yuridik texnikumlar orqali Toshkent shahridan respublika miqyosiga olib chiqish rejalashtirilgan. Toshkent davlat yuridik unversiteti loyihani joriy etish va amalga oshirish maqsadida
2018 yildan buyon Street Law Inc. (Vashington) tashkiloti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda Street Law Inc. (Vashington) tashkiloti bilan hamkorlik loyihani Respublika miqyosiga olib chiqish yoʼnalishida olib borilmoqda.

 

📌Murojaat uchun
@Bibixon_Akbarova

🔥Faoliyatiga muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Kanalga ulanish: 👇
🏛 Farg’ona viloyati yuridik texnikumi
👉 http://fyut.uz/

👉 https://www.facebook. com/fargonayuridik.texnikumi

Ulashing: