Joriy yilning 27-yanvar kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumiga Farg‘ona tumanlararo sudining raisi U.Oripov, rais o‘rinbosari I.Kuzibayev va sudya E.Jo‘rayevlar tashrif buyurib, pedagog-xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish, odam savdosi, chaqaloq savdosi, oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish” kabi mavzularda davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini texnikum direktori M.Toshmatova ochib, tadbir ishtirokchilarini pedagog-xodimlarga tanishtirib oʻtdi.
Fargʻona tumanlararo sudining raisi U.Oripov so’ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotga isloxatlar bo‘yicha gapirib oʻtdi.
Davra suhbatini ZOOM platformasi orqali texnikumning 2-bosqich o‘quvchilari online rejimida kuzatib bordilar.
Davra suhbati davomida berilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, pedagog-xodimlar va o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar mazmunli javob berib o‘tdilar.

Ulashing: