«Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi

Farg’ona viloyati yuridik texnikumida an’anaga aylangan «Zakovat» intellektual o’yinlarining texnikumda ilk marotaba kunduzgi va sirtgi bo’lim o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tdi.

Kunduzgi bo’im o’quvchilari «The best» jamoasi, sirtqi bo’lim o’quvchilari «Apocalipse » jamoalarini bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos.

O’yin yakunida sirtqi bo’lim o’quvchilarining «Apocalipse» jamoasi g’olib deb topildi, esdalik yorliqlari bilan taqdirlandilar.

«Zakovat» o’yinlari davom etadi!..



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: