“O‘quvchilar turar joyi”da istiqomat qiluvchi o‘quvchi-yoshlar hamda Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY sportchi yoshlari o‘rtasida “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida arqon tortish, tosh ko‘tarish va volleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 10-yanvarda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi taʻlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi»ning 2,3,4-bandlari ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 24-yanvar kuni “Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi va Farg‘ona shahar “Mash’al” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum” hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan “Hamkorlik chora-tadbirlar reja”si imzolanib, texnikumning ochiq sport maydoni mahalla aholisi uchun haftaning har juma kunlari foydalanishi uchun shart sharoitlar yaratib berilib, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida texnikumning “O‘quvchilar turar joyi”da istiqomat qiluvchi o‘quvchi-yoshlar hamda Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY sportchi yoshlari o‘rtasida “Sport-sog‘lik garovi” shiori ostida arqon tortish, tosh ko‘tarish va volleybol sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: