«Faol kitobxon» ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash hamda, texnikumda kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa koʼnikmalarini shakllantirish kitob o’qishga bo’lagan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida «Faol kitobxon» ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovi ishtirokchilari 4 ta shart bo’yicha bellashdilar.

1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

3-shart. “Buyuk mutafakkir va adib”.

4-shart. “Erkin mavzu”.

Koʼrik-tanlov yakuniga ko‘ra gʼoliblarga fahriy yorliq va esdalik sovgʼalarini topshirdilar.

Kitobxon oʼquvchilar quyidagicha nominatsiyalar bilan taqdirlandilar:

“Faol kitobxon” 7-20 guruh oʼquvchisi Nabijonov Jasurbek

“Eng namunali kitobxon” 16-21 guruh oʼquvchisi Rahmatov Umidjon

“Eng zukko kitobxon” 4-20 guruh oʼquvchisi Bozorova Diyora

“Eng iqtidorli kitoxon” 12-21 guruh oʼquvchisi Uzoqov Ilhomjon

“Eng ijodkor kitobxon” 7-20 guruh oʼquvchisi Isomilov Tolanboy

“Eng izlanuvchan kitobxon” 14-21 guruh oʼquvchisi Azimova Odinabonu



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: