21-mart – “Navro’z umumxalq bayrami” munosabati bilan «Har kuning bo’lsin Navro’z» shiori ostida katta tadbir-sayl o’tkazildi.

Tadbirda Navro’z, Vatan haqidagi she’rlar, qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari, «Do’ppi tikdim ipaklari tillodan», O’sma qo’ydim qoshimga» nomli musiqiy kompozitsiyalar bilan birgalikda «Osh chempionati», «Milliy taomlar», «Devoriy gazetalar» tanlovlari, shuningdek «Ko’k olmalar qizil olmalarga qarshi» nomli shashka o’yini, tosh ko’tarish, arqon tortish kabi sport musobaqalari o’tkazildi.

Tadbir ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tib, tadbir so’ngida tanlov va musobaqalar g’olib va sovrindorlari texnikum ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: