Yuristlar uchun o‘zbek tili fani o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan ochiq dars o‘tkazildi.

Joriy yilning 29-mart kuni texnikumning yuristlar uchun o‘zbek tili fani o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Sud huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 18-21 guruhida «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi hamda slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

Berilgan grammatik topshiriqlar va ta’limiy o‘yinlarni o‘quvchilar katta qiziqish bilan bajardilar.

Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: