“Qonun va oila” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Texnikumning “Yuridik klinika”si hamda Farg`ona viloyat ma`muriy sudi bilan hamkorlikda “Qonun va oila” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Farg`ona viloyati ma`muriy sudi devonxona mudiri U.Omonov, statistika bo`limi bosh mutaxassisi X.Muxtoraliyev, ish yurituvchisi D.Maxsudova, sudya katta yordamchisi M.Usmonova, sudya katta yordamchisi X.Axmadjonovlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida Sud-huquq tizimidagi islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 yanvar kundagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni qabul qilish haqidagi PF-60 son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 yanvar kunidagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamad aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-107 son qarori yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi.

O’quvchilarning o’zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislar to’laqolli javob berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: