Texnikum o’quvchilari «Temurbeklar maktabi» harbiy litseyiga tashrif buyurdilar.

Farg’ona viloyati yuridik texnikumi o’quvchi yoshlari «Davlat va huquq nazariyasi» fani o’qituvchisi O.Usmonova boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqida ma’lumot olish maqsadida Farg’ona «Temurbeklar maktabi» harbiy litseyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar litseyda tashkil etilgan muzeyda, shuningdek harbiy litsey o’quvchilarining «Samolyot yasash» to’garagi mashg’ulotlari olib boradigan auditoriya va muassasaning oshxonasida bo’ldilar.

Tashrifdan o’quvchi-yoshlar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: