Fargʻona viloyati yuridik texnikumida oʻquvchilar uchun oʻquv kursi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan «Aholi (yoshlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlik koʻnkmalariga oʻqitish dasturi» asosida joriy yilning 28 martdan 8 aprel kuniga qadar Fargʻona viloyati yuridik texnikumida oʻquvchilar uchun oʻquv kursi tashkil etildi.

Ushbu oʻquv kursi dasturiga muvofiq «Muvaffaqiyatli tadbirkordan master klass» mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Ushbu mahorat darsiga Fargʻona shahrida «Lag’monjon» brend ostida faoliyat koʻrsatuvchi talbirkor I.Qurbonaliyev tashrif buyurib, texnikum oʻquvchilariga biznes boshlash sirlari, muvaffaqiyatga erishish sirlari, biznesni boshlashdagi xatolar, biznesni rivojlantirish usullari haqida keng qamrovli tushunchalar berib oʻtdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: