«Huquqiy munosabatlar» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-aprel kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 15-21 guruhida «Huquqiy munosabatlar» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: