Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yoʻnalishi – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan boʻlib, bu borada qator vazifalar belgilanib, ishlar olib borilmoqda.

Jumladan 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan texnikumni oʻquvchi-yoshlari “Huquqiy axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchisi F.Asanov boshchiligida Margʻilon shahridagi Raqamli texnologiyalari markaziga tashrif buyurdilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda «Bir million oʻzbek dasturchisi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Hududlarda tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari yoshlarni ushbu yirik loyihada faol va samarali ishtirok etishlarida koʻmakdosh boʻlmoqda.

Tashrif davomida markaz xodimlari texnikum oʻquvchi-yoshlarni markaz faoliyati hamda yoshlarga yaratilgan barcha shart-sharoyitlar bilan yaqin tanishtirdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: