Farg’ona viloyati yuridik texnikumi jamoasi hukumat farmoyishiga asosan sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, texnikum hududini obodonlashtirish ishlarida oʼz hissalarini qoʼshdilar.
♻️ Xashar-ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube