9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlangan birinchi bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 17-21 guruh oʻquvchilari tomonidan “Oʻquvchilar turar joyi” oʻquvchilarini vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida “Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas” nomli tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda yurt tinchligi uchun jonini fido qilgan oʻgʻlonlar ruhi xotiralandi, jumladan yurtdoshimiz Dilshod Asanov xotirasi tilga olinib, sahna koʻrinishlari, videoroliklar orqali oʻquvchilarga tushunchalar berildi.
Mustaqilligimiz, tinchligimiz asoschisi boʻlgan muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasi tilga olinib, bir daqiqa sukut saqlandi.
Tadbir oʻquvchi-yoshlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube