Joriy yilning 12-may kuni “Hususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchilari O.Usmanova va B.Movlonovlar “Davlat va huquq nazariyasi” fanidan “Binar dars” shaklida “Huquqiy hulq-atvor. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik” mavzusida ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdilar.

Ochiq dars mashgʻuloti davomida Huquqiy hulk atvor tushunchasi va belgilari: ijtimoiy foydaliligi; ixtiyoriyligi va ongliligi; huquq normalariga muvofiqligi; Turlari: faol huquqiy hatti harakat; odatdagi huquqiy hatti harakat; marginal huquqiy hatti harakat, konformistik huquqiy hatti harakat, huquqbuzarlik tushunchasi va tuzilishga: obʼekt, obʼektiv tomon, subʼekt, subʼektiv tomoni, jinoyat fuqaroviy, maʼmuriy va intizomiy huquqbuzarliklarning oʻziga hos xususiyatlariga, yuridik javogarlik tushunchasi, belgilari va turlarga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Binar dars mashgʻuloti bahs munozara shaklida, ilgʻor ped texnologiyalarni qoʻllagan holda qizgʻin davom etdi.

Oʻquvchilar huquqbuzarlik tushunchasi va barcha turlarini oʻzida aks ettiruvchi kazus “masalani” amalda yechimini topdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: