15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan texnikumda faoliyat yuritgan, namunali oila boshligʻi sifatida yoshlarga oʻrnak koʻrsatgan fahriy pedagoglar holidan xabar olish va ularni bayram bilan tabriklash maqsadida bir guruh pedagog xodimlar va oʻquvchilar fahriy ustoz Jalolxon Gʻofurov xonadoniga tashrif buyurdilar.

Xonadon sohib va sohibalari ushbu tashrifdan mamnun boʻlib, oʻzlarining uzoq va baxtli xayot kechirish sirlarini mehmonlar bilan boʻlishdilar.

Shuningdek yoshlarga tinch va farovon turmush kechirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: