Joriy yilning 17-may kunida texnikumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi oliy, oʻrta –maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5241-son qarori hamda Fargʻona viloyati hokimligining viloyatidagi texnikumlarini korxona, tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashlarini tashkil etish va bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan media-rejaning 7-bandida koʻrsatilgan kariyera kunlarini taʼminlash maqsadida texnikumning 2021/2022 oʻquv yilidagi bitiruvchilari bilan soha vakillari va ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari ishtirokida uchrashuv-tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona viloyati iqtisodiy sudining sudyasi M.Ummatova, FIB Fargʻona tumanlararo sudining raisi U.Oripov, Fargʻona viloyati ichki ishlari boshqarmasi xodimlari va majburiy ijro byurosi Margʻilon shahar boʻlimi xodimi ishtirok etdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: