⚖️ Davlat va xojalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni» tashkil etilib, texnikumning “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumova boshchiligida klinika a’zolari Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga tashrif buyurdilar.
🔹Tashrif davomida o‘quvchilar fuqarolik sudi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shu bilan birga o‘quv jarayonidagi bilimlarni amaliyotda mustahkamladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube