Joriy yilning 19-may kuni maxsus fan oʻqituvchisi O.Usmonova boshchiligida texnikumning oʻquvchi-yoshlari viloyat jinoyat sudi tomonidan tashkil etilgan “Sudya va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etdilar.

Uchrashuvda oʻquvchilar viloyat jinoyat sudining muzeyga tashrif buyurib, muzeydagi qadimgi davrdagi sudyalarning liboslari, viloyat jinoyat sudining maketlarini hamda oldingi yillar davomida ishlab oʻtgan sudyalar tarixi bilan tanishdilar.

Shundan soʻng oʻquvchilar sud protsessida qatnashdilar va sud majlisi yakunlangandan soʻng oʻzlarining qiziqtirgan savollariga sudyalar tomonidan javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: