Bolalar hayotimiz davomchilaridir, kelajagimiz egalaridir.Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, oʻlkan gʻamhoʻrlik ogʻushida voyaga yetmoqda.
1-iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish» kuni munosabati bilan texnikumning «Mehr ulashib» valontyorlari «Bolalarga bering dunyoni» shiori ostida Fargʻona shahrida joylashgan bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida markazda davolanayotgan bemor bolajonlarga sogʻlik-salomatlik tilagan holda texnikum oʻquvchilari tomonidan maxsus tayyorlangan sovgʻalar ulashildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube