Joriy yilning 24-iyun kuni “Men kuchli insonman” mavzusida texnikum psixologi B.Agzamova tomonidan pedagog-xodimlar uchun trening tashkil etildi.

Treningni asosiy maqsadi pedogog-xodimlarni kayfiyatini ko’tarish, ruhiy zo’riqishlarini oldini olish hamda ularni jamoada yanada axillikni oshirish nazarda tutilgan.

B.Agzamova treningda qo’yidagi fikrlarni takidlab o’tdi.

Agar inson o’zini yaxshi anglagan, hissiy-emosional holatini nazorat qila oladigan, maqsadlarini to’g’ri qo’ygan va unga yetishish uchun astoydil harakatda bo’lsa, unda hech qachon tushkunlik kayfiyati bo’lmaydi.

Har qanday sharoitda ham irodali, shijoatli odamlar oldinga qarab intiladilar. Tushkunlik kayfiyatidagi kishilarni kuzatsangiz, ular har qanday kichik muammoni ham kattalashtirib yuborishadi, behudaga asabiylashishadi.

Chunki, bu toifadagi shaxslar o’ziga berilgan hayot imkoniyatidan to’g’ri foydalana olmaydilar.

Inson o’zini yangitdan shakllantirish to’g’risida ham bosh qotirishi kerak, deb o’ylayman.

«O’zingizga savol bering. Men kimman? Nima uchun yashayapman? Qanday zaif tomonlarim bor? Nima qilsam hayotim yaxshilanadi? Atrofimdagi insonlar uchun qanday yordam bera olishim mumkin? O’zimdagi qaysi nuqsonlarni o’zgartirishim kerak? O’zimdan nima istayapman?» U ana shu savollarni o’ziga berishi bilan hayotga shunchaki kelmaganini, oldida ulkan vazifalar turganini anglaydi.

Trening davomida B.Agzamova turli psixologik o’yinlarni qo’llab, pedogog-xodimlarni kayfiyatlarni ko’tarib, ularga ma’naviy hamda ruhiy ozuqa berishga harakat qildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: