«THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH» ilmiy-uslubiy elektron-onlayn jurnalining 24-iyun 6-sonida texnikumning 1-bosqich «Yuridik xizmat» yo‘nalishi 13-21 guruh o‘quvchisi Sultonov Murtozoxon Muzaffarxon oʻgʻlining «Huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ta’lim tarbiyadagi o‘rni» nomli maqolasi chop etildi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ta’lim tarbiyadagi o‘rni

Alohida e’tirof etish kerakki, mamlakatimiz ta’lim tizimida tub islohatlar amalga
oshirilmoqda. Bu bejizga emas. Chunki shiddatkor davr bizdan shuni talab etmoqda–
umumiy, o‘rta maxsus, oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangiliklar davr talabi asosida yuzaga kelmoqda. 2020-yilning 23-sentabrida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun mana shu o‘zgarish va yangiliklarni o‘zida aks ettirdi. Yangi qonunning asosiy farqlari shundan iboratki, avvalo ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi. Ya’ni, ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); nazariy – ta’lim tashkiloti negizida, amaliy – ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim; oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim; eksternat tartibidagi ta’lim – o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tish; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari ham shakllantirilishi mumkinligi belgilandi. Bundan tashqari, o‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshirilishi o‘quvchining kasb-hunarli bo‘lishida alohida ahamiyat kasb etadi.

Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini o‘quvchilar va talabalar ekanligini hisobga olsak
hukumat tomonidan chiqarilayotgan qonunchilikdagi har qanday hujjatlarni o‘qib
tushunish, uning mazmun mohiyatini boshqalarga ham tushuntira olish insonning
huquqiy ong va huquqiy madaniyati qay darajada ekanligiga bog‘liq. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son “Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada o‘z vaqtida chiqarildi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirmasdan turib rivojlanishga erishib bo‘lmaydi. Farmonning asosiy vazifasi “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash, “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs -oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot – jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviylikni tashkil etish.

Ushbu farmon asosida “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib 14 ta bo‘lim va 48 ta moddadan iborat. Konsepsiyada uning asosiy maqsadi va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari va uni qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar o‘rin olgan.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni kuchaytirish sohasidagi islohotlar bevosita ta‘limda huquq sohasining o‘qitilishida e’tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Huquqiy ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlangich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 2000-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan boshlab, barcha ta’lim turlarida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy
madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim
bosqichidir.

Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
– o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy- huquqiy munosabatlar
mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to’g’risida ma’tumotlar berish;
– o’quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish,
huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

– o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va
malakalarni hosil qilish;

– ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok,
huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy
e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

– o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy
hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar,
baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy- psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to’g’risidagi g‘oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy
munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik
normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy
munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi,

Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli
yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish, qonunlami hurmat qilish, ulami
shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar
jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti-harakatlar
majmui.

Huquqiy madaniyat – bu kishilaming huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan
ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat
murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi,
ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni;umumiy madaniy
asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tarixiy xotira, urfodatlar va an‘analarni; aholi tomonidan qonunlami bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular riufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunga itoatkorligini talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent, 2019, O’zbekiston NMIU.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni PF-
5618-son 2019-yil 9-yanvar.

3. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, 23.09.2020.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: