Joriy yilning 22-avgust kuni texnikumda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 9-avgustdagi 267-son buyrug’iga asosan professional ta’lim muassasalarini 2022/2023 o’quv yiliga tayyorgarligi bo’yicha avgust seminarlarining 4-shu’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Seminarni Farg’ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi vakili S.Mahkamova ochib, kirish so’zi bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
Seminar iqtisodiy, tabiy, ijtimoiy va huquq sohalaridagi fanlarni o’qitish uslubining o’ziga xos xususiyatlari mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, huquq fanlarini o’qitish bo’yicha Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari- yuridik texnikum direktori M.Toshmatova ma’ruza qildi.
Seminar davomida Farg’ona viloyati yuridik texnikum direktorining o’rinbosarlari A.Ergashev, O.Nasretdinova, J.Sadikovlar faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqib, o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube