Joriy yilning 6-sentabr kuni 2022/2023 o’quv yili uchun Farg’ona viloyati yuridik texnikumiga kirish uchun o’tkazilgan test sinovlarini muvafaqiyatli topshirib, davlat granti va to’lov kontrakti o’qishga tavsiya qilingan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun “Tanishtiruv xaftaligi” boshlanganligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari-yuridik texnikum direktori M.Toshmatova ochib, tashrif buyurgan abiturientlarni test sinovlaridan muvafaqiyatli o’tganliklari bilan tabriklab, texnikumning odob-axloq va ichki-tartib qoidalari, o’quv jarayonlari, yaratilgan shart-shoroitlar bilan yaqindan tanishtirib o’tdi.
Suhbat davomida abiturientlar va ularning ota-onalari o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube