Farg’ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 7-sentabr kuni Farg’ona viloyati sudlarining faxriy sudyalari va amaldagi sudyalari ishtirokida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda viloyat sudining faxriylar kengashi raisi K.Talipov, faxriy sudya I.Muxammedova va sudyalar V.Siddiqov hamda A.Minojiddinovlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida faxriy sudyalar mehnat faoliyatlari haqida gapirib, sudyalik ham faxr, shu bilan birga mas’ulyat talab qiladigan sharafli kasb hisoblanishi haqida gapirib o’tishdi.
Sudyalar B.Siddiqov va A.Minojiddinovlar bugungi kundagi sud tizimidagi yangiliklar va sohadagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube