Farg‘onada “Yoshlar yuridik klinikasi” ochildi

Farg‘ona shahridagi Yoshlar markazida ochilgan yuridik klinika BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Taraqqiyot dasturi hamda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

Mazkur yuridik klinikada yoshlar hayotida uchrab turadigan turli ijtimoiy va iqtisodiy holatlarga huquqiy baho beriladi. Shuningdek, yigit va qizlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat olishda, mulk va yerga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishda va kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan boshqa masalalarda tajribali mutaxassislar tomonidan huquqiy ko‘mak beriladi.

Birinchi kunning o‘zida mazkur huquqiy maslahatxona mas’ullari tomonidan 40 dan ziyod yoshga turli masalalarda to‘laqonli maslahat berilgan.

Ulashing: