Joriy yilning 5-oktabr kuni Farg’ona viloyati ma’muriy sudining sudyalari texnikumga tashrif buyurib, o’quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining sud tizimidagi oxirgi islohatlar, sog’aning yangi O’zbekistonni barpo etishdagi ustivor vazifalari va sud instansiyalarida ish ko’rishning o’ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga qonunchilik tizimiga o’zgartirishlar kiritilayotganligi, barcha islohatlarning zamirida inson manfaati nazarda tutilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Texnikum o’quvchilari tomonidan berilgan sud-sohasiga oid bo’lgan savollarga javob berishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: