⚖️ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan har yili oktabr oyining birinchi haftasi «Keksalar haftaligi» deb belgilangan.

🔹 Shu munosat bilan «Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilatlar» degan g’oya ostida joriy yilning 5-oktabr kuni texnikumning yoshlar bo‘limi uslubchisi S.Isroilova boshchiligida “Mehr ulashib” klubi volontyorlari Fargʻona shahar, “Shodiyona” MFY, Muborak koʻchasida istiqomat qiluvchi 87 yoshli otaxon Yo’ldoshali Ahmadaliyev xonadoniga tashrif buyurib, keksa otaxon holidan xabar oldilar.

🔹 Klub volontyorlari otaxon xonadonida obodonlashtirish ishlari bilan olib borish bilan birgalikda 87 yillik umr mobaynining 35 yili Marg‘ilon shahar to‘qimachilik korxonasida o‘tkazgan mexnat faoliyati haqida Yo’ldoshali ota gapirib berdi.

🔹 “Mehr ulashib” klubi volontyorlariga bunday xayrli ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: