🏛 Joriy yilning 18-noyabr kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi O.Usmonova tomonidan 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruhida 18-noyabrda – “OÊ»zbekiston Respublikasining Davlat bayrogÊ»i to’g’risida”gi Qonun qabul qilingani munosabati bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

đŸ”č Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

đŸ”č Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimotlar hamda video rolik namoyish etildi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtirishi, xalqaro maydonlarda jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalanishi to‘g‘risida ma’lumotlar atroflicha bayon qilindi.

đŸ”č Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: