Farg’ona viloyati yuridik texnikumi direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari, ayni kunda Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tinglovchisi A.Ergashev tomonidan joriy yilning 17-noyabr kunida Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i raisligida Toshkent shahar yuridik texnikumida «Professional ta’lim muassasalarida mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari» mavzusida seminar mashg’uloti o’tkazildi.
Seminar mashg’ulotida Toshkent shahridagi barcha professional ta’lim muassasalari, ya’ni kasb- hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning kadrlar bo’limi boshliqlari va ijro intizomiga mas’ul shaxslari ishtirok etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube