Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-yanvardagi 38-um-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Eng iqtidorli oʻquvchi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning 2-dekabr kuni Fargʻona viloyati yuridik texnikumida ushbu tanlovning texnikum bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovning oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilarda davlat va jamiyatga yetuk, yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga oʻz iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatlarini qaror toptirish, oʻz kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgangandir.
Qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik va tenglik kabi prinsiplarga rioya qilgan holda maxsus xayʼat tomonidan xolisona baholanib, oʻqish faoliyati davomida texnikumda ichki tartib, odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda, huquqiy bilimlarni oʻrganishga boʻlgan intilishi, jamoat ishlaridagi faolligi, tirishqoqligi, namunali xulqi va aʼlo oʻqishi bilan boshqa tengdoshlari orasida namuna boʻlib kelayotgan o‘quvchilar quyidagi o‘rinlarga loyiq deb topildi.
1-oʻrin “Yuridik xizmat” yonalishi 14-21 guruh oʻquvchisi Anvarjonova Dilafruz Akmaljon qizi
2-oʻrin “Davlat-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 12-21 guruh oʻquvchisi Muhammad Ayub Farangiz Bo‘rishox qizi
3-oʻrin “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 16-21 guruh oʻquvchisi Boxodirov Xabibullo Xayrullo oʻgʻli
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube