“Qon donorligi haftaligi” doirasida donorlik aksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida” PF-348-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 6.1-bandiga muvofiq texnikum pedagog-xodimlari hamda o‘quvchilari o‘rtasida yoshlar bo‘limi tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 2-dekabr kuni texnikumning bir qator pedagog-xodimlari hamda o‘quvchilari Farg‘ona viloyatidagi qon quyish markaziga tashrif buyurib, “Qon donorligi haftaligi” doirasida donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: