Joriy yilning IV-choragida professional ta’lim muassasalari va akademik liseylarda o’quvchi-yoshlarning ilg’or g’oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talabayoshlar o’rtasida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida uchrashuvlar o’tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 5-dekabr kuni Farg’ona viloyat yuridik texnikumida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Mirzaaxmedov, Farg’ona shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo’limi inspektori R.Qurbonov hamda Farg’ona shahar “Xo’jamberdiboy” jome’e masjidi noibi N.Jo’raboevlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyishi ham bo’lib o’tdi. Bundan tashqari o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: