Farg’ona viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat faxriysi E.Shermatov, viloyat adliya boshqarmasi faxriylar kengashi raisi R,Qirg’izov va faxriylar akengashi a’zosi A.To’rajonovlar hamda soha rivoji yо‘lida muvaffaqiyat qozonib, jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari, shuningdek texnikum o‘quvchilari ishtirok etdilar.

🔹Uchrashuv davomida, nuroniylar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish hamda о‘zgarishlar haqida sо‘z yuritildi.

Tadbir so’ngida faxriylar tomonidan texnikum yoshlariga 50 ga yaqin badiiy asarlar sovg’a qilindi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: