Farg’ona viloyati yuridik texnikumi o’quvchisi – “Konstitutsiya bilimdoni!” ko’rik tanlovi Respublika bosqichining 1-o’rin sohibi.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, «Adolat» SDP dasturiy maqsad va vazifalarini targ’ib qilish maqsadida «Konstitutsiya bilimdoni» ko’rik-tanlovi tashkil etilgan edi.
Ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan 2-bosqich o’quvchisi Anvarjonova Dilafruz Akmaljon qizii joriy yilning 22-dekabr kuni bo’lib o’tgan ushbu tanlovning Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrliy 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan o’quvchimizni barcha texnikum o’quvchilari va ma’muriyati nomidan muborakbod etamiz!



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: