YIL YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

📌O‘tib borayotgan 2022 yil mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlar bilan ishlash tizimida ham sermahsul yillardan biri bo‘ldi.
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan “Yil sarhisobi”ga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etib, o‘tib borayotgan yil davomida olib borgan fidokorona xizmatlari, erishgan yutuqlari orqali shahrimiz sha’nini yuksakka ko‘tarishga qo‘shgan hissalari uchun shahar faollari va yoshlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etdi.
♻️O‘tkazilgan tadbirda shahardagi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda hamda xalqaro maydonlarda o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari va fan olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallab, Respublikamiz miqyosida shahrimiz mavqei yuqori bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan faol yoshlar, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etishdagi fidokorona mehnatlari uchun hamkor tashkilotlar va sektor rahbarlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.
✅“Yilning eng yaxshi professional ta’lim muassasasi” nominatsiyasiga Farg’ona viloyati yuridik texnikumi munosib deb topildi va Farg‘ona shahar hokimining faxriy yorlig’i hamda televizor sovg‘asi bilan taqdirlandi.
✅Ushbu e’tirof bilan texnikum jamosasini va o’quvchi-yoshlarini yana bir bor tabriklaymiz va yangi yildagi faoliyatlariga zafarlar tilaymiz!



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: